AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qatar Davlatining Amiriga tabrik yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev Qatar Davlatining Amiriga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qatar Davlatining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga tabrik yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktubda O`zbekiston va Qatar xalqlarini o`zaro bog`lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko`lamli va uzoq muddatli aloqalarimizning mustahkam poydevori bo`lib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan ta`kidlangan.

"O`rtamizda qaror topgan samimiy va do`stona munosabatlar, sermahsul muloqotlarimizning tobora faollashib borayotgani, ko`plab ustuvor sohalarda erishilgan muhim kelishuvlar natijasida so`nggi paytlarda hamkorligimiz salohiyat va imkoniyatlarimizga mos bo`lgan yuqori darajaga ko`tarildi", - deyiladi jumladan qutlovda.

Davlatimiz rahbari Qatar etakchisiga mustahkam sog`lik, oilaviy baxt-saodat, mas`uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar, do`st Qatar xalqiga esa tinchlik-omonlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.

    Boshqa yangiliklar