AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Cobalt" yo`lovchisi temir bilan "Lada-Largus" haydovchisiga tashlandi

'Qashqadaryoda "Cobalt" yo`lovchisi temir bilan "Lada-Largus" haydovchisiga tashlandi'ning rasmi

Qashqadaryoda qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelgan "Cobalt" yo`lovchisi boshqa bir mashina haydovchisini urmoqchi bo`ldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 15 dekabr kuni soat 16:50 larda Qarshi shahar Alisher Navoiy ko`chasida svetoforning qizil chirog`ida o`z yo`lida to`xtab turgan Lada-Largus haydovchisini Kobalt rusumli avtomobilda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan salondagi yo`lovchi urmoqchi bo`lgan. Haydovchiga eta olmagach, u avtomashinaning oynalarini temir jism bilan urib, sindirgan.

Holatga guvoh bo`lgan Qashqadaryo viloyati IIB xodimining qonuniy talabiga bo`ysunmagan. Hozirgi kunda mazkur holatda fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, zarar miqdorini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

 

    Boshqa yangiliklar