AsosiyJamiyat

Investisiya vazirligining viloyat va tuman bo`limlari tugatiladi

'Investisiya vazirligining viloyat va tuman bo`limlari tugatiladi'ning rasmi

Prezident yig`ilishida maqsadlarni amalga oshirish uchun Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimini qayta ko`rib chiqib, hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini Savdo-sanoat palatasiga o`tkazish zarurligi qayd etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu orqali loyiha qilish va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar o`zini-o`zi boshqaradigan tashkilotga o`tkaziladi. Bu tadbirkorlarning talab va istaklariga quloq solish, ular bilan yaqindan hamkorlik qilib, muammolarini hal qilish maqsadida qilinmoqda.

Shuningdek, Investisiya vazirligining viloyat va tuman bo`limlari tugatiladi. Hududlarda ushbu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga ko`maklashadigan mutaxassislari shug`ullanadi.

Eksport agentligi va jamg`armasi, “O`zbekekspertiza” tashkiloti ham Savdo-sanoat palatasi tizimiga o`tadi.

Ishlab chiqarish, eksport va brendlarga beriladigan grant, subsidiya va boshqa imtiyozlar palata orqali egasiga ochiq-oshkora va shaffof beriladigan tizim joriy qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar