1

Shanxaylik bashoratchi maymun AQSh prezident saylovi natijasini oldindan aytib berdi

Dunyo 08.11.2016, 10:28
Shanxaylik bashoratchi maymun AQSh prezident saylovi natijasini oldindan aytib berdi

Shanxaylik (Xitoy) bashoratchi Geda laqabli maymun AQSh prezidenti saylovi natijalarini aytib berdi. Bu haqda Channel New Asia Twitter-akkauntida ma`lum qilindi.

Sariq libos kiyib olgan Geda nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klintonning suratlari aks etgan ikkita katta surat o`rtasida tanlov amalga oshirdi. Natijada maymun milliarder Trampni tanladi va hatto uning kartondan yasalgan qiyofasini ham o`pib qo`ydi.

Shiyanhu Ecological Tourism bog`ida yashovchi bashoratchi avval ham bir necha bor kelajakni bashorat qilgan. Channel New Asia xabar berishicha, 2016 yilning boshlarida maymun futbol bo`yicha Evropa chempioni nomini ham aytib bergan. Aynan shu sababdan mahalliy aholi uni «bashoratchilar qiroli» deb ataydi.

AQSh prezidenti saylovi bugun, 8 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1