AsosiyJamiyat

Trikotaj kiyim va mato, gazlama, kabel, maishiy texnika, mevalar, uzum, dukkakli ekinlar, qayta ishlangan meva-sabzavot kabi eng ko`p eksport bo`ladigan 10 turdagi mahsulotni tashqi bozorlarga olib kirishda ko`plab to`siqlar bor — Prezident

'Trikotaj kiyim va mato, gazlama, kabel, maishiy texnika, mevalar, uzum, dukkakli ekinlar, qayta ishlangan meva-sabzavot kabi eng ko`p eksport bo`ladigan 10 turdagi mahsulotni tashqi bozorlarga olib kirishda ko`plab to`siqlar bor — Prezident'ning rasmi

Yig`ilishda bugungi kunda trikotaj kiyim va mato, gazlama, kabel, maishiy texnika, mevalar, uzum, dukkakli ekinlar, qayta ishlangan meva-sabzavot kabi eng ko`p eksport bo`ladigan 10 turdagi mahsulotni tashqi bozorlarga olib kirishda ko`plab to`siqlar borligi qayd etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tarmoqlar har doimgi eksport bozorlari bilan cheklanib qolayapti, yangi bozorlarga kirib borishga ularda toqat etishmayotgani ko`rsatib o`tildi

Mutasaddilarga eksportbop 10 turdagi tayyor mahsulotning har biriga 10 tadan yangi istiqbolli bozorni belgilab, bozorlarda mahsulotlarga texnik va sifat talablarini o`rganib, o`zimizni korxonalarga ularni o`rgatish, laboratoriyasiga yordam berish topshirildi.

Xorijdagi hamkasblar bilan muzokara o`tkazib,  sertifikat, boj va yig`imlarni yumshatish bo`yicha choralar ko`rish vazifasi qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar