AsosiyJamiyat

Yuqori qiymat beradigan yangi loyihalarga 200 mln dollar resurs sifatida ajratiladi - Mirziyoev

'Yuqori qiymat beradigan yangi loyihalarga 200 mln dollar resurs sifatida ajratiladi - Mirziyoev'ning rasmi

Davlatimiz rahbari videoselektor yig`ilishida ishlab chiqarish va eksportni oshirish bo`yicha yangi imkoniyatlarni ko`rsatib o`tdi.

To`qimachilik sanoatida kiyim-kechak, uy tekstili, mehmonxona uchun sochiq, choyshab, yostiq, matras, parda kabi o`zimizda ishlab chiqarsa bo`ladigan tovarlar asosan chetdan olib kelinayotgani qayd etildi.

Shu bois aralash tola va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini ko`paytirish kerakligi ta`kidlandi. 

Buning uchun birinchi bosqichda 125 ming tonna sun`iy toladan ip-kalava ishlab chiqarish bo`yicha 15 ta loyiha ishga tushirilishi belgilandi. Shuningdek, Andijon shahrida 15 million dollarlik, Samarqand shahrida 20 million dollarlik loyiha hisobiga sun`iy toladan parda va mebel matolari ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda to`qimachilikda yana kamida 700 million dollar qo`shilgan qiymat yaratish, trikotaj bo`yoqxonalar quvvatini 40 foizga, gazlama matoda – 30 foizga olib chiqish zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Mutasaddilarga tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi to`qimachilik korxonalarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha yangi tizim joriy qilish topshirildi. Yuqori qiymat beradigan yangi loyihalarga 200 million dollar resurs sifatida ajratilishi belgilandi.

Bu mablag`lar yirik tozalash inshootlari qurib beriladigan hududda bo`yoqxonalar tashkil qilish loyihalariga beriladi. Ularga suvni tozalash inshootlari xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar