AsosiyJamiyat

Prezident mas`ullarga Vetnam, Polsha, Rossiya va Italiyada to`qimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berdi

'Prezident mas`ullarga Vetnam, Polsha, Rossiya va Italiyada to`qimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berdi'ning rasmi

Prezidentimiz mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida to`xtaldi.

Mashhur brendlar o`zi ishlab chiqarish qilmay, balki aniq talablarni belgilab, buyurtmalarini bunga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarga joylashtiradi. “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan”  yorlig`i bor mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda brendga aylanmagani uchun arzon sotilmoqda.

Endi mahsulotlarni faqat o`zimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun sharoit yaratib berish zarurligi ta`kidlandi.

Savdo sanoat palatasi mato, uy tekstili, ichki kiyimlar, gilam, poyabzal, charm aksessuarlar, quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat,  lak-bo`yoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnikalar bo`yicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta “sorsing” kompaniyasi bilan kelishuvga erishib, mahalliy korxonalarimiz bilan bog`lashi zarurligi aytildi.

Shuningdek, kelgusi yilda Xanoy (Vetnam), Los (Polsha), Ivanovo (Rossiya), Prata (Italiya) shaharlarida to`qimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi.

    Boshqa yangiliklar