Yig`ilishda mamlakatimizda mashhur brendlar ostida mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish zarurligi qayd etildi.
Misol uchun, kelgusi yil oktyabrda Chirchiqda qiymati 50 million dollarlik yiliga 2,5 million dona bo`lgan alyumin qadoqlash korxonasi ishga tushadi.
Bu nafaqat salqin ichimliklar, balki kosmetika, maishiy kimyo, oziq-ovqat yo`nalishidagi brendlar uchun tayyor xom ashyo bazasi.
Shu munosabat bilan o`nlab nufuzli brendlar bilan ishlab, ularni O`zbekistonga olib kelish choralarini ko`rish topshirildi.
Umuman, brendlarni jalb qilish bo`yicha yangicha yondashuvlarni joriy qilinadi:
- nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash xarajatlari qoplab beriladi;
- mashhur brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, mahalliylashtirishni kamida 60 foizga etkazish sharti bilan ular uchun zarur bo`lgan barcha xom ashyolar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi;
- mahsulotini kamida 30 foizini brend ostida ishlab chiqaradigan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyoz va engilliklar beriladi;
- yirik brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan O`zbekistonda ishlaganlik uchun to`lovlar undirilmaydi.
18.12.2023 17:36
Chirchiqda qiymati 50 mln dollarlik alyumin qadoqlash korxonasi ishga tushadi






