Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi uylarning biri yonayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, yong`in Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida sodir bo`lgan va yong`in oqibatida 1995 yilda tug`ilgan ayol va uning 2015 va 2018 yillarda tug`ilgan qiz farzandlari vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.