Avvalroq, Toshkent viloyati IIBB og`ir va o`ta og`ir turdagi jinoyat sodir etib, qidiruvga berilgan shaxslar haqida xabar qilgan edi.
Ayni paytda ma`lum qilinigicha, qidiruv e`lon qilinganlar orasidan T.Umarov ushlandi.
Qolgan 2 nafar gumon qilinuvchilar:
1. 1990 yilda tug`ilgan Abdullaev Akromjon Baxtiyorovich
2. 1995 yilda tug`ilgan Pattaev Toxirjon Xakimboy o`g`lining qidiruvi davom etmoqda.
”Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarni ko`rsangiz yoki ular haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz zudlik bilan Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 98-364-02-03 telegram raqamiga xabar berishingizni so`raymiz.
Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, - deyiladi xabarda.






