AsosiyDunyo

Xitoyda kuchli zilzila sodir bo`ldi, 100dan ortiq odam halok bo`ldi

'Xitoyda kuchli zilzila sodir bo`ldi, 100dan ortiq odam halok bo`ldi'ning rasmi

Xitoyning markaziy qismida sodir bo`lgan zilzila oqibatida kamida 116 kishi halok bo`ldi. Bunday ma`lumotlar 19 dekabr, seshanba kuni "Sinxua" agentligi va mamlakat markaziy televideniesi tomonidan ma`lum qilindi. 

Bundan tashqari, 300 dan ortiq odam tan jarohati oldi - Gansuda 186 va Tsinxayda kamida 140 kishi, deya xabar beradi rasmiy OAV. Ularning so`zlariga ko`ra, ofat zonasida suv ta`minoti uzilgan, elektr uzatish liniyalari, shuningdek, transport infratuzilmasi ob`ektlari shikastlangan. Birgina Gansu provinsiyasida 4782 uy zarar ko`rgan, deydi mahalliy rasmiylar.

Rasmiylar jabrlangan hududlarga chodirlar, yig`ma karavotlar va ko`rpa-to`shaklar yuborishni buyurgan. Xitoy rahbari Si Szinpin qurbonlar sonini kamaytirish uchun keng ko`lamli qidiruv amaliyotini o`tkazishga chaqirdi.

Zilzila episentri Gansu provinsiyasida, Sinxay bilan ma`muriy chegaradan 5 kilometr uzoqlikda bo`lgan, deya ta`kidladi Sinxua. Xitoy ma`lumotlariga ko`ra, zilzila magnitudasi 6,2 ballni tashkil qilgan. Shu bilan birga, AQSh Geologiya xizmati bu ko`rsatkichni 5,9 deb baholamoqda.

Xitoyda so`nggi yillardagi eng vayronkor zilzilalardan biri 2008 yilning may oyida Sichuan provinsiyasida sodir bo`lgan. O`shanda 87 mingdan ortiq odam vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar