AsosiyJamiyat

Yil hisobidagi rekord holat: Toshkentdagi xonadonda pirotexnika vositalarining yashirin ombori aniqlandi

'Yil hisobidagi rekord holat: Toshkentdagi xonadonda pirotexnika vositalarining yashirin ombori aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining xonadondagi yashirin ombori fosh qilindi. Bu haqda Bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, poytaxtning Sergeli tumanidagi avvaldan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, bu erda xorijda ishlab chiqarilgan va muqaddam turli yo`llar bilan respublikamizga olib kirilgan 162 ming 153 dona salyutlar va petardalar saqlanayotganligi ma`lum bo`ldi.

Faqatgina shu emas, bu erda xorijda ishlab chiqarilgan, ammo raqamli markirovka kodlariga ega bo`lmagan 9500 quti tamaki mahsulotlari ham saqlanayotgan ekan.  

Shunday qilib, tezkor tadbir davomida olib qo`yilgan pirotekxnika vositalari va tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, 1 mlrd so`mdan oshmoqda.

Eslatib o`tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o`tgan davri mobaynida aniqlangan 140 ga yaqin bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati salkam 2,7 mlrd so`mlik 3 mln. 158 ming donadan ziyod pirotexnika vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib kirilishi va ichki hududdagi yashirin aylanamasiga chek qo`yilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar