AsosiyJamiyat

Surxondaryoda “Spark”, “Neksiya-3”, ekskavator olib beraman deb 476 million so`mni “uxlatgan” firibgarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Surxondaryoda “Spark”, “Neksiya-3”, ekskavator olib beraman deb 476 million so`mni “uxlatgan” firibgarga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Davlat rahbari topshirig`i asosida Prezident Xalq qabulxonalari Termiz shahri, Denov va Sherobod tumanlarida sud-huquq masalalari bo`yicha tashkil qilgan ommaviy qabullarda viloyat prokuraturasi, sudlari, soliq, ichki ishlar, adliya va bojxona boshqarmalari mas`ullari har bir masalani murojaatchilar ishtirokida sinchiklab ko`rib chiqdi. Qonuniy echimi bor masalalar joyida hal qilib berildi.

Qabullar davomida kelib tushgan 385 ta masalaning 183 tasi ijobiy hal qilindi, 22 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish va maslahat berilgan bo`lsa, 180 ta masala nazoratga olindi.

Viloyat prokuraturasiga murojaatlar asosida angorlik Sohiba Ergasheva singari 11 nafar ayolning 18 million so`mdan ziyod aliment pullari undirib berildi.

Termiz shahri “Jo`yjangal” mahallasida yashovchi Shuhrat Jo`raevning viloyat IIBga murojaati asosida undan “Spark”, “Neksiya-3” avtomashinalari va bitta ekskavator olib beraman deb jami 476 million so`m olib, pullarini bermay yurgan bir shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Xuddi shunday sherobodlik Davlat Xo`shboqov murojaati asosida uch-to`rt yildan beri unga sotilgan chorvasi uchun jami 140,5 million so`m mablag`ni bermay yurgan bir yo`la uch shaxsga nisbatan ham firibgarlik holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Denovlik Zulfiya Tosheva murojaati asosida tumanning “Oloviddin” mahallasidagi, muzrabotlik Abdusalom Abdumo`minov murojaatiga ko`ra, “Muzrabot darvoza” mahallasidagi “Kamalak” bog`chasi yonidagiyo`llarga yo`l belgilari o`rnatilib, piyodalar o`tish chiziqlari chizildi.

Fuqaroligi bo`lmagan 3 nafar shaxs O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar murojaatchigafuqarolik pasporti ID pasporti olib berildi.

Termiz shahridagi “Surxon Sifat Textile” korxonasi mas`ullarining viloyat soliq boshqarmasiga qo`shimcha qiymat solig`ibo`yicha noto`g`ri hisoblangan 3 mlrd 600 mln so`m ortiqcha to`lovni qaytarish masalasidagi  murojaati joyida ijobiy hal qilindi.

Bundan tashqari, Prezident virtual qabulxonasi va viloyat sudlariga avvalgi murojaatlarga ko`ra berilgan taqdimnoma va iltimosnomalar asosida jinoyat ishlari bo`yicha sudlar bir qator ishlarni ko`rib chiqdi. Natijada, ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishlari jazosini o`tayotgan 114 nafar jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 4 nafar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tayotgan mahkumlar umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyasiga o`tkazildi, 5 nafar shaxsga oid ayblov xulosasi bilan bo`lgan jinoyat ishi yarashuv asosida ko`rilib, harakatdan tugatildi; 4 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi sudlar tomonidan ochiq sud majlisida ko`rilib, ularga qo`llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinib sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar