AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar yangi yilda necha kun dam oladi?

'O`zbekistonliklar yangi yilda necha kun dam oladi?'ning rasmi

O`zbekistonda barcha xodimlar ish haftasining turidan qat`i nazar Yangi yil bayramida ketma-ket 4 kun dam olishi mumkin.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 yildagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi PF-270-son Farmoniga ko`ra, 30 dekabr — shanba 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shunga ko`ra, Yangi yilda ish haftasining turidan qat`i nazar barcha xodimlar ketma-ket  3 kun dam olishlari mumkin. Ya`ni: 30 dekabr — shanba, 31 dekabr — yakshanba, 1 yanvar — dushanba .

"Mehnat huquqi" telegram kanali ma`lumotlarida qayd etilishicha, “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiga ko`ra, 2024 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko`chirilishi mumkin:

6 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2 yanvar seshanba 5 kunliklar uchun dam olish hisoblanib, 6 yanvar — shanba esa ish kuni bo`ladi.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2 yanvar seshanba qo`shimcha dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.

Biroq, bu hozircha loyiha, Farmon e`lon qilinsa, barchasi aniq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar