AsosiyJamiyat

Samarqandda Gentra maktab bolalaridan birini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)

'Samarqandda Gentra maktab bolalaridan birini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil bolani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani aks etgan lavha tarqaldi. Samarqand viloyati YHXB holatga aniqlik kiritdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 2023 yil 18 dekabr kuni soat 17: 25 lar atrofida Samarqand tumani "Ravonak" MFY hududidan o`tuvchi ichki yo`lda yo`lning o`ng tomonidan chap tomoniga kesib o`tayotgan 2011 yilda tug`ilgan 7- sinf o`quvchisini shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan qora rangli "Jentra" rusumli davlat raqam belgisi 30 O 641 AB transport vositasi urib yuborib YTH sodir etib voqea joyidan ketib qolgan. 

Oqibatda, maktab o`quvchisi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. YPX xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu haydovchi va transport vositasi topilib, holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 "Barcha haydovchilardan yo`llarda tezlikni me`yoridan oshirmasdan piyodalarga yo`l bergan holda harakatlanishlarini so`rab qolamiz",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar