AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 7 sinf qiz unashtirilgani aytilmoqda (video)

'Surxondaryoda 7 sinf qiz unashtirilgani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf o`quvchisi unashtirilayotgpni aytilgan video tarqaldi.

 Voqea Surxondaryo viloyatida sodir bo`lgan aytilmoqda. Bo`lajak "qaynona" qizchaga tilla zanjir taqayotganini ko`rish mumkin.

O`zbekistonda zo`ravonlikka qarshi loyiha — NeMolchi.uz IIOdan oilada bolaga nisbatan jismoniy va ruhiy zo`ravonlik mavjud yoki yo`qligini tekshirish va Bolalar Ombudsmanidan ushbu holatda bolalar nikohi haqida gap ketmayotganiga ishonch hosil qilishga chaqirmoqda.

"Ayolni turmushga chiqishga majburlash yoki uni turmushga chiqishiga to`sqinlik qilish Jinoyat kodeksining 136-moddasida nazarda tutilgan jinoyat hisoblanadi

Qizcha hozir turmushga chiqmasa ham va bu shunchaki unashtiruv bo`lsa ham 12-13 yoshli qiz bo`lajak turmush o`rtog`i haqida o`z fikriga ega bo`lishi mumkinmi? Shubhasiz, u maktabni bitirishi bilanoq turmushga uzatiladi.

Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarining tarbiyasi va rivojlanishi uchun javobgarligi ko`rsatilgan. Ular o`z farzandlarining sog`lig`i, jismoniy, aqliy, ma`naviy va axloqiy rivojlanishi haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar. Bu holatda qanday g`amxo`rlik haqida gapirish mumkin?!...

"Ichki ishlar organlari oilada bolaga nisbatan jismoniy va ruhiy zo`ravonlik mavjud yoki yo`qligini tekshirishlari shart. Biz Bolalar Ombudsmani idorasidan ushbu holatda bolalar nikohi haqida gap ketmayotganiga ishonch hosil qilishga chaqiramiz", — deyiladi NeMolchi.uz xabarida.

    Boshqa yangiliklar