AsosiyJamiyat

​JSST maymun chechagi bilan bog`liq epidemiologik vaziyatdan xavotirda

'​JSST maymun chechagi bilan bog`liq epidemiologik vaziyatdan xavotirda'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti o`tgan yilning iyul oyida dunyodagi epidemiologik vaziyatni hisobga olib, mpox (maymun chechagi) virusini pandemiya deb e`lon qilgandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 Oradan bir yilga yaqin vaqt o`tib, ya`ni joriy yil may oyida Er yuzida kasallanish holatlari sezilarli darajada pasaygach, ushbu infeksiya bilan bog`liq favqulodda holat bekor qilindi. 
 Ammo shu kunlarda JSST mas`ullari yana xavotirda. Chunki Kongo Demokratik Respublikasida mpox epidemiyasi avj olmoqda. 
 Xususan, bu erda yil boshidan buyon 13 ming kishida maymun chechagi alomatlari qayd etilib, ulardan 600 nafardan ziyodi kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumgan. 
 Tashvishlanarli jihati, mamlakatda tarqalayotgan mpox virusi shtammi ilk bor an`anaviy jinsiy aloqa yo`li bilan yuqayotgani aniqlandi. Bu esa xavfli infeksiyaning yanada kengroq ko`lamda yoyilishiga imkon yaratadi. 
JSST ekspertlari fikricha, Kongodagi epidemiologik vaziyat qo`shni mamlakatlar va boshqa mintaqalar aholisi uchun ham jiddiy xavf tug`dirishi mumkin. Shu bois tashkilot bu erda xastlikni jilovlash uchun shoshilinch choralar ko`rishga ko`maklashadi.

    Boshqa yangiliklar