AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik taekvondochilar Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo`lishdi

'O`zbekistonlik taekvondochilar Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo`lishdi'ning rasmi

Taekwondo WT bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Ozoda Sobirjonova, Feruza Sodiqova, Jasur Jaysunov va Shuhrat Salaev Xitoyning Usi shahrida o`tkazilgan aralash jamoaviy yo`nalishdagi Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo`lishdi. Bu haqda O`zbekiston Taekwondo WT  assosiasiyasi xabar berdi. 

O`zbekiston terma jamoasi a`zolari hal qiluvchi bahsda xitoylik sportchilarga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz ruhda kechgan janglar mezbonlarning g`alabasi bilan yakunlandi.

O`zbekistonlik sportchilar chorak finalda Marokash, yarim finalda esa Koreyaning Daejeon Metropolitan City klubini mag`lub etishgandi.

    Boshqa yangiliklar