AsosiyJamiyat

Toshkentda uy narxlari pufak xavf chegarasiga yaqinlashdi

'Toshkentda uy narxlari pufak xavf chegarasiga yaqinlashdi'ning rasmi

 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan “O`zbekiston ko`chmas mulk va ipoteka bozori” hisoboti tayyorlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hisobot Biznesni rivojlantirish banki homiyligida tayyorlanib respublika bo`yicha uy-joy narxlari, ko`chmas mulk bozorining joriy holati va kelajagi hamda fundamental va iqtisodiy omillarga asoslangan pufak xavfi  to`g`risidagi tahlillar bilan birgalikda 5455 aholi va 141 qurilish kompaniyalari orasida o`tkazilgan so`rov natijalarini ham o`z ichiga oladi. 

Asosiy xulosalar:

Toshkent shahrida uy-joy narxlari uchun hisoblangan “pufak indeksi” narxlar pufak xavfi chegarasiga yaqinlashib borayotganini ko`rsatmoqda. Poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan 2 xonali xonadon sotib olish uchun talab etiladigan muddat (o`rtacha ish haqiga nisbatan) 10 yilgacha etgan. Bu borada Toshkent shahri Tokio, Parij va London shaharlariga deyarli etib olgan (UBS, 2023). 

Toshkent shahrida uy-joy narxlari o`zgarishi va uning ijarasidan keladigan umumiy yillik daromadlilik jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi uzoq muddatli depozitlar bo`yicha o`rtacha foiz stavkasidan (2023 yil sentyabrda 5,3%) ancha yuqori hisoblanadi.

O`tgan yillarda aholi sonining 1%ga ko`payishi uy-joyga bo`lgan talabning 0,8%ga oshishiga olib kelgan. 

 2021-2023 yillarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o`rtacha hisobda uy-joy sotib oluvchi har beshinchi kishi ipoteka kreditlariga murojaat qilgan. Bu esa ushbu hududlarda aholi uy-joy sotib olishda asosan o`z mablag`laridan foydalanayotganligidan dalolat beradi. 

 Hududlarda 1 kv.m. uchun kadast hujjatlari chiqqandan keyingi narx kadastr olishdan oldingi narxdan o`rtacha 19-20%ga qimmatlashadi. Poytaxtda esa ushbu ko`rsatkich 35-39%gacha etadi. 

Uy-joy narxlarining 500 mln so`mdan oshishi aholining 80%dan ortig`ining uy sotib olish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi.

"Aholining aksariyat qismi ipoteka krediti yoki uy-joy narxini bo`lib to`lash uchun oyiga 4 mln so`mgacha to`lash qobiliyatiga ega" deyiladi ma`lumotda. 

 

    Boshqa yangiliklar