Ijtimoiy tarmoqlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Agentlik axborot xizmati mazkur xabarlarni inkor etdi.
Ma`lum qilinishicha, E.Safarov firibgarlik hamda pora berishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq bosh mutaxassis E.Safarov hozirda ish faoliyatini idorada davom ettiryapti.
Agentlik bayonotida “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi qonunning 6-moddasida Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha`ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro`sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanishi belgilab qo`yilgani qayd etilgan.






