AsosiyJamiyat

Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar - korrupsiyani yo`q qilishga intilmagan rahbar - Shavkat Mirziyoev

'Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar - korrupsiyani yo`q qilishga intilmagan rahbar - Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan o`zgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo`lmasligini ta`kidladi. 

"Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar - korrupsiyani yo`q qilishga intilmagan rahbar",dedi Prezident.

Joriy yilning o`zida mamlakatimizda:

- ta`lim, bank, moliya, bojxona, qishloq xo`jaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformasiya qilish doirasida 100 ta dasturiy loyiha ishlab chiqildi;- 500 dan ziyod yangi IT kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475 million dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya kirib keldi;

- yil yakuni bilan IT xizmatlari hajmi 10 trillion so`mga etishi (2022 yilga nisbatan – 1,5 barobar ko`p), eksporti esa 300 million dollardan oshishi (2 barobar) kutilmoqda.Lekin sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish bo`yicha qilinadigan ishlar hali juda ko`p, dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar