AsosiyJamiyat

Farg`onalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSh, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotdi

'Farg`onalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSh, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotdi'ning rasmi

Bu yil IT sohasi eksporti Toshkent viloyatida – 100 mingdan 4,4 million dollarga, Samarqandda – 700 mingdan 3,2 millionga, Andijonda – 60 ming dollardan 2,8 million dollarga oshib, yuqori sur`atlarda o`sdi. Surxondaryo ham ilk bor IT xizmatlari eksportini yo`lga qo`yib, 1 million dollardan oshirdi.

Lekin, eksport Qoraqalpog`iston, Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryoda 500 ming dollarga ham etmaydi.

Hududlarda 20 mingdan ortiq yoshlar IT bilan mustaqil shug`ullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini chetga sotayapti.

Masalan, farg`onalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSh, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotgan.

    Boshqa yangiliklar