Davlatimiz rahbari 2024 yildan boshlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qo`shimcha sharoitlar yaratilishini e`lon qildi. Bunda:
- IT kompaniyalari hududlardagi bo`sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;
- iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;
- 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab beriladi;
- eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensasiya qilinadi.
Bu maqsadlarga kelgusi yilda 65 milliard so`m ajratiladi.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi IT parkni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun kelgusi yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida uning sho``ba korxonalarini ochadi.
20.12.2023 16:41
Endi ayrim dasturchilarga bo`lib to`lash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi






