O`tgan 11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan bo`lsa, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog`liq firibgarlik va o`g`irlik jinoyatlari hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 50 ga yaqin to`lov tizimi bo`lib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi qayd etildi.
Noyabr oyida IT vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo`yicha Prezident qarori imzolandi.
Mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron to`lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qat`iy nazorat qilish topshirildi.
20.12.2023 17:24
⚡️ So`nggi 11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan






