Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan toifaga ega o`qituvchilar soni 282 424 nafarni tashkil etadi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida vazirlik departamenti direktori Sardor Rajabov ma`lum qildi.
Sardor Rajabovning aytishicha, hozirda respublikadagi 10 104 ta maktabda 525 737 nafar o`qituvchi dars bermoqda.
Oliy toifali o`qituvchilar soni 53 914 nafarni, birinchi toifalilari 101 751 nafarni, ikkinchi toifalilari 126 759 nafarni tashkil qiladi. Mutaxassislar soni esa 177 122 nafar.
Har yili 500 ming nafarga yaqin maktab o`qituvchisi malaka oshiradi. Shundan 40 foizi mustaqil ta`lim tarzida, 60 foizdan ortig`i an`anaviy tarzda malaka oshirmoqda. O`qituvchilar 7 haftalik (36 soat) malaka oshirish kursiga majburiy jalb qilinadi.






