AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 5-10 daraja atrofida bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 5-10 daraja atrofida bo`ladi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika hududi bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar