AsosiyJamiyat

Samarqandda turizm maskanlariga olib boruvchi ekspress avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi

'Samarqandda turizm maskanlariga olib boruvchi ekspress avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi'ning rasmi

Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda. 

Shu maqsadda quyidagi 4 ta yo`nalishda shahar ekspress avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi:

1 E-sonli “Temir yo`l vokzali – Konigil turizm qishlog`i”;

2 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Boqiy shahar turizm markazi”;

3 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Aeroport”;

4 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Xo`ja Doniyor ziyoratgohi”.

Shuningdek, 2 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Imom al-Buxoriy ziyoratgohi” shahar atrofi ekspress avtobus yo`nalishi ochiladi.

2024 yilning 23 yanvar kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi ekspress avtobus yo`nalishlarini biriktirish bo`yicha elektron tarzda ochiq tender o`tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar