AsosiyDunyo

Ukrainadagi urush Xitoyga foyda keltirmoqda

'Ukrainadagi urush Xitoyga foyda keltirmoqda'ning rasmi

Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli Xitoyning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yilda 200 milliard dollardan oshdi, bu oldinroq kutilganidan ancha yuqori. Bu haqda zomon.uz nashri xabar bermoqda

Bundan eng ko`p Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari foyda ko`rgan. Rossiyaga sotuvlarning oshishi natijasida Xitoy bu yil dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi sifatida Yaponiyani ortda qoldirdi. Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiya bozorining 55 foizini egallab olishdi. Urushdan oldingi 2021 yilda bu ko`rsatkich 8 foiz edi.

O`z navbatida, Rossiya ham bundan katta foydada: mamlakat Xitoyga nafaqat neft va gaz, balki Xitoy supermarketlarida paydo bo`la boshlagan shokolad, kolbasa va boshqa iste`mol tovarlarini ham etkazib bermoqda.

"Arzon rus energoresurslari G`arb tomonidan kiritilgan sanksiyalarni chetlab o`tib, Xitoy kompaniyalariga jahon bozorlarida raqobatlashishga yordam berdi. Shu bilan birga, boshqa mamlakatlardagi, xususan, Germaniyadagi raqobatchi ishlab chiqaruvchilar energiya narxining keskin oshishiga duch keldi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari Xitoy mediasida katta qo`llovga ega bo`lgan.

"Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari mamlakat ichida va butun dunyoda doimiy ravishda rus propagandasini tarqatmoqda", — deya qo`shimcha qilinadi maqolada.

    Boshqa yangiliklar