AsosiyJamiyat

Toshkentda tunda uyga bostirib kiradigan o`g`rilar paydo bo`lgani aytilmoqda

'Toshkentda tunda uyga bostirib kiradigan o`g`rilar paydo bo`lgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o`g`rilar paydo bo`lganligi, ular aholi uxlayotgan vaqtda xonadonlarni eshigini ochishayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, ushbu xabarda ko`rsatilgan holatlar muqaddam ichki ishlar organlari tomonidan mazkur hududlardagi videokameralarda qayd qilingan yozuvlar, ulardagi shaxslarni aniqlagan holda o`rganilgan.

O`rganish natijasiga ko`ra, ijtimoiy tarmoqda bu borada e`lon qilingan xabarlar o`z tasdig`ini topmagan.

Shuningdek, bosh prokuratura ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan har xil haqiqatga to`g`ri kelmaydigan feyk xabarlarni tarqatmasliklarini so`ramoqda. 

Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar