1

Restoran egasi bosqinchini pichoq bilan qo`rqitib, haydab yubordi

Dunyo 08.11.2016, 15:06
Restoran egasi bosqinchini pichoq bilan qo`rqitib, haydab yubordi

Avstraliyaning Brisben shahrida joylashgan restoranlardan birining egasi pul talab qilgan bosqinchini pichoq bilan qo`rqitib, haydab yubordi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri. 

46 yoshli restoran egasi Xanter Xu (Hunter Hu) ning ma`lumot berishicha, restoran peshtaxtasi yoniga yosh yigit yaqinlashgan va unga belidagi pichoqni ko`rsatib, indamay xat uzatgan. Xatda “Yonimda pichoq bor, hamma pulingni olib chiq”, degan yozuv bo`lgan.

Xu undan “Qancha kerak?” deb so`ragan va ichkariga yo`nalgan. Birpasdan keyin qo`lida ikkita katta go`sht maydalaydigan pichoqni ko`tarib, jinoyatchining oldiga kelgan. “Senda bitta pichoq bo`lsa, menda ikkita pichoq bor!”, deb qichqirib, bosqinchiga tashlangan.

Uning hayqirig`idan dahshatga tushgan jinoyatchi, orqasiga qaramay qochgan. Polisiya yashirinishga ulgurgan jinoyatchini qo`shni fastfudda qo`lga olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1