AsosiyJamiyat

Farg`onada 3 nafar bokschiga viloyat hokimi uy sovg`a qildi

'Farg`onada 3 nafar bokschiga viloyat hokimi uy sovg`a qildi'ning rasmi

Farg`onada  yil davomida xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishgan sportchilar taqdirlandi.

O`zbekistonni xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga munosib hissa qo`shgan 54 nafar sportchiga viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda sovg`alari topshirildi.

Boks bo`yicha jahon chempioni Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev, jahon chempionati sovrindorlari Lazizbek Mullojonov va Navbahor Hamidovalarga Farg`ona shahridagi Ekoshahar hududidan xonadon ajratish sertifikatlari taqdim etildi.

Mamlakatimiz tarixida ilk bor kamondan otish bo`yicha Olimpiada o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritgan kamondan o`q otish bo`yicha Osiyo kubogi sohibasi Ziyodaxon Abdusattorova, Xitoyning Xanchjou shahrida bo`lib o`tgan IV Para Osiyo o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o`yinlari yo`llanmasi sohiblariga aylangan Mohigul Hamdamova, Yorqinbek Odilov, Dilafruz Ahmadjonova, Azizbek Abdulhabibovlarga 50 million so`mdan, IV Para Osiyo o`yinlari chempionlari Irodaxon Rustamova va Shahinaxon Yigitalievalarga 40 million so`mdan pul mukofoti topshirildi.

Sportning turli yo`nalishlarida joriy yilda bo`lib o`tgan Osiyo va jahon chempionatlarida, IV Para Osiyo o`yinlarida sovrindorlar qatoridan o`rin olgan qator sportchilar 10 million so`mdan 20 million so`mgacha miqdorda pul mukofotlariga ega bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar