Vazirlar Mahkamasining 15.12.2023 yildagi «O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 668-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- Inspeksiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari;g`
- vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda uning xodimlarining javobgarligi;
- transport sohasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Shuningdek, Harakatdagi temir yo`l tarkibi va infratuzilmasi ob`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- harakatdagi temir yo`l tarkibi va infratuzilmasi ob`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishning talablari hamda davlat xizmatini ko`rsatish tartibi;
- harakatdagi temir yo`l tarkibi va infratuzilmasi ob`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish, ro`yxatdan qayta o`tkazish hamda ularga ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risida guvohnoma berish tartibi.
Transport vazirligiga quyidagilar topshirildi:
- 2024 yil 1 noyabrga qadar harakatdagi temir yo`l tarkibi va infratuzilmasi ob`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ishga tushirish;
- 2024 yil 1 dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda axborot tizimining YaIDXP bilan integrasiya qilinishini hamda tasdiqlangan Ma`muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari joriy etilishini ta`minlash.
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 18.12.2023 yildan kuchga kirdi.






