Toshkent shahar Yunusobod tumanida Tracker va ikki nafar piyoda ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko`ra, joriy yilning 20 dekabr kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani 8-mavze 16-uy qarshisida haydovchi 1986 yilda tug`ilgan N.A. (ayol kishi) Tracker rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib 2 nafar piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyodalar - 2015 yilda tug`ilgan Z.A. va 2013 yilda tug`ilgan M.A. tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni va harakat davomida hushyorlikni yo`qotmaslikni so`rab qolamiz", deyiladi ma`lumotda.






