AsosiyJamiyat

Toshkentdagi tuman sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo`naltirildi

'Toshkentdagi tuman sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo`naltirildi'ning rasmi

Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Toshkent aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 02:34 dan boshlab havo kemalarini qabul qilish uchun cheklovlar joriy etildi. Bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo`naltirildi.

Samarqand aeroportiga quyidagi reyslar yo`naltirildi:

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-670 Novosibirsk — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 03:52 da qo`ndi;

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9614 Moskva — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:01 da qo`ndi;

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-614 Moskva — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo`ndi;

- “Qanot Sharq” aviakompaniyasining HH-5522 Jidda — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:22 da qo`ndi;

- “Panorama Airways” aviakompaniyasining 5P-362 Madina — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:52 qo`ndia;

- “Turkish Airlines” aviakompaniyasining TH-364 Istanbul — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da qo`ndi.

Buxoro aeroportiga quyidagi reyslar yo`naltirildi:

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-602 Moskva — Toshkent reysi soat 04:59 da qo`ndi;

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-336 Jidda — Toshkent mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da qo`ndi.

Navoiy aeroporti quyidagi reyslarni qabul qildi:

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9658 Ufa — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:38 da qo`ndi;

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-274 Istanbul — Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo`ndi.

Muqobil aerodromlarga qo`ngan barcha samolyotlar soat 08:00 dan 09:30 gacha Toshkent aeroportiga qaytib keldi. Texnik sabablarga ko`ra, “Panorama Airways” aviakompaniyasi samolyoti Samarqand aeroportida qoldi. 355 nafar yo`lovchining barchasi er usti transportida Toshkentga etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar