AsosiyJamiyat

YuNESKO Bosh konferensiyasi sessiyalari 2025 yilda Samarqandda o`tkaziladi

'YuNESKO Bosh konferensiyasi sessiyalari 2025 yilda Samarqandda o`tkaziladi'ning rasmi

Avvalroq xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoev Respublika ma`naviyat va ma`rifat kengashining kengaytirilgan yig`ilishini o`tkazmoqda.

Prezidentimiz xalqaro maydonda madaniy diplomatiyamizning o`rni tobora ortib borayotganini ta`kidladi.

Jumladan, YuNESKO Bosh konferensiyasi sessiyalari qariyb 40 yildan buyon faqat Parijda o`tkaziladi.

2025 yilda esa bu konferensiyaning sessiyasini birinchi marta boshqa shaharda, ya`ni, Samarqandda o`tkazish belgilandi.

Ushbu nufuzli anjumanga Tashkilotga a`zo barcha davlatlardan vakillar tashrif buyuradi. Hech shubhasiz, bu – O`zbekiston uchun katta ishonch, ayni paytda mas`uliyat hamdir.

Shu sababli Prezidentimiz bu yirik xalqaro tadbirga hozirdan puxta tayyorgarlik ko`rishni boshlash kerakligini ko`rsatib o`tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar