O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha keng ko`lamda davom etayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari va unda qo`lga olinayotgan jinoiy guruhlar, jinoyat olamining ko`zga ko`ringan vakillari, “ko`cha”lar haqida so`z ochdi. Bu haqda prezident Respublika ma`naviyat va ma`rifat kengashining kengaytirilgan yig`ilishida gapirdi.
Shuningdek, davlat rahbari korrupsiyaga qo`l urgan amaldorlar masalasiga ham to`xtalgan.
“O`zini “ko`cha” deb ataydigan jinoiy guruhlar bo`ladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo`ladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar etkazadigan bo`lsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz.“Yangi O`zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo`lishi shart. Va albatta shunday bo`ladi”, deydi Mirziyoev.






