AsosiyJamiyat

Yosh rejissyorlarni qo`llab-quvvatlash uchun Mannon Uyg`ur nomidagi mukofotni ta`sis etiladi

'Yosh rejissyorlarni qo`llab-quvvatlash uchun Mannon Uyg`ur nomidagi mukofotni ta`sis etiladi'ning rasmi

Prezident raisligida yig`ilish davom etmokda.

"Agar hozir “Qani, oxirgi bir oyda qaysi teatrga bordingiz, qanday yangi kitob o`qidingiz?”, deb so`rasam, o`ylaymanki, aksariyat rahbarlar xijolat bo`lib qolishi mumkin. Holbuki, rahbar-etakchilar ijtimoiy dunyoqarash, madaniy saviya bo`yicha boshqalarga o`rnak bo`lishlari kerak”,- dedi Prezident.

Idora va muassasalarda oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e`lon qilish taklif etildi. Xodimlarning teatrlarga borishini yo`lga qo`yish maqsadga muvofiqligi ta`kidlandi. Madaniyat vazirligiga Teatr san`atini rivojlantirish bo`yicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish topshirildi. Dasturda tarixiy va zamonaviy mavzular bo`yicha eng yaxshi pesa uchun ijodiy buyurtma berish, dramaturglarga 50 million so`mdan qalam haqi to`lash, ijodiy va yordamchi xodimlarning rivojlangan davlatlar teatrlarida mahorat oshirishini yo`lga qo`yish hamda yosh rejissyorlarni qo`llab-quvvatlash uchun Mannon Uyg`ur nomidagi mukofotni ta`sis etish nazarda tutiladi. 

Shuningdek,  prezident maqom san`atini rivojlantirish haqida ham  to`xtalib o`tdi." "Maqomni qorong`ulikdan yorug`likka olib chiqish yo`lida jonbozlik ko`rsatayotgan san`atkorlarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi”,- dedi Prezident.

Xalq og`zaki ijodi durdonalarini keng targ`ib etib kelayotgan baxshilar faoliyatini qo`llab-quvvatlash e`tibor markazida bo`ladi.Mamlakatimiz fondlarida saqlanayotgan 3 mingdan ziyod doston, maqom va folklor asarlarini zamonaviy formatga o`tkazish ko`zda tutilgan. Umuman, ushbu san`atni ommalashtirishda raqamlashtirishdan keng foydalanish zarurligi ta`kidlandi. 

Maqom, katta ashula, baxshichilik, atlas va adras, kulolchilik va zargarlik kabi 12 ta noyob madaniy meros namunalari bo`yicha an`analarni davom ettiradigan maktablar yaratiladi.

Musiqa va raqs san`atini ravnaq toptirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Jumladan, “Bahor” raqs ansambli ilgari Filarmoniya joylashgan mashhur san`at saroyida faoliyat yuritadi. 

Taniqli ashula va raqs ansambllarining xorijga gastrol safarlari ko`paytiriladi. Musiqa va raqs san`ati masalalarini ilmiy o`rganish, sohada ilmiy kadrlarni ko`paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar joriy qilinadi.

Shuningdek, Toshkent davlat sirki binosini ta`mirdan chiqarish bo`yicha ham chora-tadbirlar ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar