Tasviriy va amaliy san`at sohasini yanada rivojlantirish uchun alohida dastur qabul qilinadi.
Xattotlik va miniatyura san`ati ta`limini amaliyot bilan bog`lash maqsadida milliy usulda qog`oz tayyorlash bo`yicha o`quv ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etiladi.
“Yana bir muhim masala – madaniyat va san`at sohasida ta`lim sifatini oshirish bo`yicha jiddiy o`zgarish qilishimiz shart”, - dedi Prezident. Mutasaddilarga musiqa va san`at maktablari muallimlarining oyligini oshirish, ushbu maktablarning kommunal xarajatlarini byudjetdan qoplash bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Umuman olganda, madaniyat va san`at, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oyliklari 2024 yil 1 apreldan 20 foizga, 2025 yil 1 yanvardan yana 15 foizgacha bo`lgan miqdorda oshiriladi.






