O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida e`tibor qaratiladi.
Prezident “O`zbek tili va adabiyoti” fani o`qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo`lgan boshqa fan o`qituvchilaridan kam bo`lmagan miqdorda qo`shimcha haq to`lanishi adolatdan bo`lishini ta`kidladi.
Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo`lgan “O`zbek tili va adabiyoti” fani o`qituvchilariga kelgusi o`quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to`lanadi.
O`zbek tili bo`yicha xalqaro fan olimpiadasi o`tkazilishi, g`olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o`zbek tili filologiyasi yo`nalishi bo`yicha davlat granti asosida o`qishga qabul qilinishi belgilandi.
22.12.2023 11:41
“O`zbek tili va adabiyoti” fani o`qituvchilariga kelgusi o`quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to`lanadi






