Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar O.N. va A.S. jami 2 nafar fuqaroga 468 dona “Reduksin Layt” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini 9 mln so`mga sotgan vaqtida, fuqarolar D.K. va B.S. fuqaro N.K.ga 186 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 6,5 mln so`mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qamashi tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda “J.B.” oilaviy korxonasi dorixonasi sotuvchisi X.M. va “Sh.A.” MChJ dorixonasi sotuvchisi U.S. xaridorlar M.J. va U.S.ga jami 90 dona “Tebantin” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan jami 430 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va Romiton tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlarda “D.H.” va “K.B.” MChJlarga qarashli dorixona sotuvchilari D.R. va J.S. 2 nafar xaridorga 30 dona “Gabanerv” hamda 10 dona “Tebantin” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Olmazor tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.E. o`z uyida 115 dona “Regapen”, 84 dona “Lirika” va 26 dona “Tropikamid”, nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini o`tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
22.12.2023 18:46
4 ta hududda kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni sotayotganlar qo`lga tushdi






