Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23 dekabr kuni soat 10:00 dan e`tiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan O`zbekiston Milliy universiteti (mo`ljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki ta`til munosabati bilan doimiy yashash joylariga jo`nab ketuvchi talabalar uchun qo`shimcha avtobus yo`nalishlari tashkil etildi.
Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud bo`lgan quyidagi yo`nalishlarda tashkil etilmoqda:
Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.
Chiptalar O`zbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.
Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yo`nalishi bo`yicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yo`nalishda belgilangan narxlarda xizmat ko`rsatishi mumkin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Farg`ona, Andijon viloyatlariga jo`nab ketuvchi talabalar uchun alohida qo`shimcha temir yo`l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yo`nalishlarda imtiyozli temiryo`l chiptalari O`zbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (mo`ljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini ma`lum qilindi.






