AsosiyJamiyat

Ob-havo tufayli Namangandan uchishi kerak bo`lgan reyslar Toshkentdan yo`lga qo`yilmoqda (jadval)

'Ob-havo tufayli Namangandan uchishi kerak bo`lgan reyslar Toshkentdan yo`lga qo`yilmoqda (jadval)'ning rasmi

Farg`ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli reyslarga cheklovlar yaratildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, parvozlar xavfsizligini ta`minlash maqsadida HY9801/9802 Namangan – Perm – Namangan, HY9805/9806 Namangan – Samara – Namangan yo`nalishlari o`zgartirilgan jadval bo`yicha Toshkent xalqaro aeroportigada amalga oshiriladi.

HY9801/9802 aviaqatnovlari, Toshkent - Perm - Toshkent yo`nalishi bo`yicha:

Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 9:00;

Permga uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da;

Permdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 15:00 da;

Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 18:10 da.

HY9805/9806 aviaqatnovlari, Toshkent - Samara - Toshkent yo`nalishi bo`yicha:

Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 19:35;

Samaraga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 23:05 da;

Samaradan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 01:05 (ertasi kun);

Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 04:30 (ertasi kuni).

Qayd etilishicha, yuqoridagi reyslar yo`lovchilariga reyslarni ro`yxatdan o`tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda etib ketishlari tavsiya etiladi. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko`rsatilgan reyslar bo`yicha sayohat qilayotgan yo`lovchilar Toshkent aeroportiga etib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishlari tavsiya etiladi.

Reyslar vaqti o`zgartirilgan yo`lovchilar uchun, jarima to`lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to`langan pul miqdori to`liq qaytarib olish huquqiga ega. 

    Boshqa yangiliklar