AsosiyJamiyat

Umra tadbirlari bilan shug`ullanayotgan 23 ta turfirmaning lisenziyasi yo`qligi aniqlandi

'Umra tadbirlari bilan shug`ullanayotgan 23 ta turfirmaning lisenziyasi yo`qligi aniqlandi'ning rasmi

Lisenziyaga ega bo`lmay “Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan shug`ullanayotgan 23 ta tadbirkorlik sub`ektlariga kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha muddatlar belgilanib, ko`rsatmalar berildi. Bu haqda Turizm qo`mitasi xabar qilmoqda.

Belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etmagan “Orzu Travel” MChJ, “Lastochka - Planeta” MChJ, “Premier Vanderlust” MChJ, Bobissalam-Travel” MChJ “Muslim-Tour MT” MChJ, “Delta Smart Project” MChJ larning “chiqish turizmi” faoliyati bilan shug`ullanishga asos bo`lgan lisenziyalari Toshkent shahar Turizm boshqarmasining qarorlari bilan amaldagi qonunchilikka asosan 10 kun muddatga to`xtatildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8 avgustdagi 345-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-noyabridan boshlab fuqarolarga “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishga oid xizmatlarni ko`rsatish faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

“Hurmatli yurtdoshlar, “Umra” ziyoratiga borishda qarorda keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda maxsus lisenziyaga ega bo`lmagan turoperatorlar xizmatidan foydalinishda ogoh bo`lishni va keyinchalik turli xil ko`ngilsiz xolatlarga tushib qolmaslik uchun lisenziyaga ega bo`lgan  turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz” - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar