“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo`nalishi bo`yicha 5P5381 va 5P5369 reyslari poytaxt aeroportida samolyotlarning kech etib kelgani sababli 12 soatdan ortiq kechiktirildi.
Aviakompaniya yo`lovchilarni ichimliklar va issiq ovqat bilan ta`minlab, mehmonxonada joylashtirishni taklif qildi.
Har ikki reys ham yaqin soatlarda manzil aeroportiga jo`nab ketishi rejalashtirilgan.
"Parvoz jadvaliga kiritilgan o`zgartirishlar to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin" deyiladi xabarda.
23.12.2023 13:50
“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent—Madina yo`nalishi bo`yicha parvozlari 12 soatdan ko`proqqa kechiktirildi






