O`zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Jahongir Ahmedov Prezident Administrasiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish sho``basi etakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar u O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti dosenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori lavozimlarida ishlab kelgan.
U rejissyor sifatida “Islomxo`ja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.






