AQShda kuchli suv toshqinlari davom etmoqda. Jumladan, Tinch okeanidan kelgan bo`ron sabab yuz bergan kuchli yomg`irlar oqibatida Janubiy Kaliforniyaning Santa Barbara shahri suv ostida qoldi. Bu haqda zomon.uz xabar bermoqda.
Suv sathi mashinalarning oynalarigacha ko`tarilishi natijasida yo`llarda transport harakati to`xtab qolgan. Mahalliy rasmiylarning xabar berishicha, hozirda yomg`irlar ancha kamaygan, lekin shahar ko`chalari hamon suv ostida qolmoqda.
Sinoptiklarning fikricha, ushbu holat yana bir-necha kun davom etishi mumkin.
23.12.2023 14:58
Kaliforniyada butun shaharni suv bosdi






