O`zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Nozima Davletova Prezident Administrasiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta`minlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.






