AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari dushanbadan ochiladi

'Toshkent metrosining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari dushanbadan ochiladi'ning rasmi

Toshkent metrosining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari  25 dekabrdan xizmat ko`rsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni”  axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, profilaktika ishlari o`z yakuniga etkazilgani munosabati bilan joriy yilning 25 dekabr sanasidan boshlab, bekatlar ish faoliyati soat tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar  doimiy reja asosida xizmat ko`rsatadi.

"Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo`nalishda harakatlanuvchi poezdlar oraliq vaqt intervali tig`iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko`rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga etkazish rejalashtirilgan", deyiladi bu haqdagi xabarda.

    Boshqa yangiliklar