AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 20 darajagacha iliq bo`ladi

'O`zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 20 darajagacha iliq bo`ladi'ning rasmi

“O`zgidromet” 25—27 dekabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, 25 — 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 27 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq, 26 dekabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq, 27 dekabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq; 26 dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq; 27 dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi 4-9 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq; 26 dekabrda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 27 dekabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 25— 26 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq; 26 dekabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq, 27 dekabrda kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 25—26 dekabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 dekabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq; 26—27 dekabrda 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 25 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 26—27 dekabr kuni ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog` hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26—27 dekabrda ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 25 dekabrda 9-14 daraja iliq, 26—27 dekabrda 3-8 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar