Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazdi.
Tadbirda ko`rsatkich va erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar xususida fikr yuritib, Navoiy viloyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish rahbarlarning birinchi darajali vazifasi ekanligini ta`kidladi.
Xususan, kelgusi yilda viloyatda “Hokim kubogi” uchun erkaklar va ayollar o`rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etiladi.
2024 yilda viloyatda yoshlarni xorijiy tillarga qiziqtirish maqsadida oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan xalqaro imtihon tizimlarida yuqori (7,5 va undan yuqori) natijaga erishgan 3-4 kurs talabalarining 30 nafari “Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan rag`batlantiriladi.
Mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yuqori natijalarni qo`lga kiritgan jismoniy tarbiya fani o`qituvchilariga “oylik maoshining 50 foizi” miqdorida “Hokim ustamasi” joriy etiladi.






